SHTAB FAOLIYATI NAZORATDA
Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tumanida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish hamda zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.
Har qanday ob-havo sharoitida ham shtab aʼzolari va masʼul tashkilotlar xodimlari hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida mehnat qilmoqda.
Yo‘llar qordan tozalanib, muzga aylanishining oldini olish, elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish kabi ishlar shu jumladan.
Tuman hokimi sektor rahbarlari va masʼul tashkilot hamda korxonalar rahbarlari hamrohligida shtab faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, shtab masʼullariga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ayniqsa yog‘ingarchilik paytida sergaklikni yana-da oshirish, nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Maʼlumot uchun, shtabning asosiy vazifasi – qish mavsumida vujudga kelgan muammo va nosozliklar yuzasidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.
Siz ham bu boradagi masalalar yuzasidan shtabning xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
+998 66 465-13-87
+998 66 465-12-14