insurez
04-04-2025 18:18

SHANXAYLIK ISHBILARMON DOIRA VAKILLARI PASTDARG‘OMDA


Joriy yilning yanvar oyida tuman hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib, u yerdagi yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati bilan tanishilgani va ikkala hudud vakillari o‘rtasida biznes forum bo‘lib o‘tganligi xususida xabar qilgan edik.

Bugun esa, tarkibida 16 ta nafar turli soha, yaʼni taʼlim, elektrotexnika, qurilish, logistika, raqamli texnologiyalar va boshqa yo‘nalishdagi Shanxaylik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari tumanimizda bo‘lib, uning salohiyati va mavjud imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida delegatsiya aʼzolari o‘zlarini qiziqtirgan sohalar, yaʼni oziq ovqat (un), ip-kalava, eshik va deraza romlar, elektrotexnika mahsulotlari hamda metallni qayta ishlash korxonalarining faoliyati bilan atroflicha tanishdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi Sh.Rahmonov va xitoylik investorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda ikki tomonlama hamkorlik loyihalari, istiqbolli rejalar borasida o‘zaro muzokaralar olib borildi.

Har ikkala tomon ham bu boradagi taklif, mulohazalarini bildirib kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Teglar
- -