insurez
24-02-2025 15:43

SEKTORDA HAFTALIK ISH REJA ANIQ


Tuman hokimi Sh.Rahmonov birinchi sektor aʼzolari va ushbu hududdagi mahallalar yettiliklari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududlarni obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ichki suv tarmoqlarini qazish, tozalash, betonlashtirish, mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish, soliq hamda kommunal to‘lovlarni kabi bir qator masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, barcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha eng yaxshi natijalarni qayd etgan, o‘z kasbiga masʼuliyat bilan yondashayotgan va mahallasi obod bo‘lishi uchun faollar hamrohligida jonbozlik ko‘rsatayotgan Oltiqahramon, Temiryo‘l va Navro‘z kabi mahallalar yettiliklari faoliyati eʼtirof etilib, minnatdorchilik bildirildi.

Shu kabi, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mahalla masʼullari va sektor aʼzolari faoliyati e'tirozlarga sabab bo‘lib, tegishlilarga intizomiy choralar ko‘rish masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga e'tibor qaratish, qabristonlar, asosiy va ichki ko‘chalarda hasharlar tashkil qilish, mahalla hududida tartib-intizomni kuchaytirish, kameralashtirish, ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish tadbirkorlikka yo‘naltirish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taklif va ko'rsatmalar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, mahalla raislari tomonidan o'rtaga tashlangan masalalar tinglanib, ularga qonun doirasida yechim topish bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Teglar
- -