insurez
20-11-2025 20:11

SANOAT KORXONALARI VA DRAYVER LOYIHALAR O‘RGANILDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov bir qator sanoat korxonalari faoliyati va drayver loyihalar holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Dastlab Kamolot MFYdagi "KENNO SPECIAL VEHICLES" MCHJ QK hamda Xitoyning Lianyungang Kenno International Trading Co., Ltd hamkorligida tashkil etilgan qiymati 20 million dollarlik beton va metall konstruksiyali uylar tayyorlash, o‘yinchoq apparatlar, pritsep ishlab chiqarish loyihasi hamda "Eco Product Group" MCHJning qiymati 3 million dollarlik pomidor yetishtirish va uni qayta ishlash loyihalari bilan tanishildi.

Maʼlumot uchun, loyiha doirasida Xonchorbog‘ MFYda kooperatsiya asosida pomidor yetishtirilib,  aholi bandligini taʼminlash darajasini yana-da yaxshilash ham maqsad qilingan.

Shuningdek, “TEG LOCOMOTIVES” MCHJ QKning qiymati 3,5 million dollarlik neft va gazni saqlash hamda qayta ishlashni tashkil etish loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, “Hamkor kabel” MCHJning qiymati 2,2 million dollar bo‘lgan PVX profillar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur yangi sanoat loyihalarini ishga tushirish va to‘liq quvvatda ishlashini taʼminlash orqali jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga qo‘shimcha 69,6 milliard so‘m hajm hamda 4,1 milliard so‘m mahalliy byudjetga tushum tushirishga erishish maqsad qilingan.

Teglar
- -