SANOAT KORXONALARI FAOLIYATI BARQARORLASHADI
Statistik maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, tumanimizdagi kiyim-kechak, oziq-ovqat, qurilish mollari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 16 ta sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan birmuncha kamaygan.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov viloyat hamda tuman prokuraturasi masʼullari va tegishli mutasaddilar hamkorligida mazkur korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bunda, har bir korxona faoliyati va muammolari o‘rganilib, ularning yechimlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalar ustida ishlash, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, ushbu xususida taklif va ko‘rsatmalar berildi.
Shu kabi, bu borada qonun doirasidagi barcha ko‘maklarni ko‘rsatish yuzasidan tegishli soha masʼullariga topshiriqlar berildi.
So‘ngra, "Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha" Shtab faoliyati, Shtab aʼzolarining bu singari obyektlarning holatini o‘rganish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki, kengaytirish hamda ularga ko‘maklashish va bu borada zarur choralarni ko‘rish yuzasidan olib borayotgan ishlari muhokama qilib olindi.