insurez
11-02-2026 18:26

SANOAT KORXONALARI VA DRAYVER LOYIHALAR O‘RGANILDI


Tuman hokimi J.Pardayev bir qator sanoat korxonalari faoliyati va drayver loyihalar holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Dastlab Kamolot MFYdagi "Feruz karton produkt" MCHJ tomonidan tashkil etilgan qog‘ozni qayta ishlash va turli salfetkalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Maʼlumot uchun, 150 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 40 milliard so‘mni tashkil etadi va yiliga 200 ming dollarlik mahsulot eksport qiladi.

Shuningdek, "Iskandarov parranda" MCHJning un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi doirasida davom etayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, bunyodkorlik ishlarini risoladagidek amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, "SAM Elektr invest" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qiymati 1,5 million dollarlik kabel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, ushbu loyiha ishga tushishi natijasida, 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda yiliga 20,0 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Teglar
- -