insurez
26-11-2025 20:50

SAFARLAR NATIJASI


Tuman rahbarlari hamda salohiyatli tadbirkorlardan tarkib topgan delegatsiya bir qator davlatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida amaliy tashriflar uyushtirayotgani xususida xabar qilganmiz.

Mazkur tashriflar natijasida ko‘plab mamlakatlar xususan, Xitoy davlati masʼullari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatilayotgani, ularning yirik kompaniyalari hamda mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli kelishuv va hamkorliklarga erishilayotgani ham sizlarga maʼlum.

Jumladan, tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarga asosan, tumanimizda yana bir yirik loyiha ishga tushirilmoqda.

“SMKS” MCHJ tomonidan ishga tushirilayotgan ko‘mirni saqlash omborxonasi va mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish loyihasining umumiy qiymati 5 million dollar bo'lib, hozirga qadar 3 million dollar miqdordagi investitsiya mablag‘lari jalb qilingan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish barobarida, xorijiy hamkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Teglar
- -