RESPUBLIKA VA VILOYAT MAS'ULLARI ISHTIROKIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR
Pastdarg‘om tumani mahalla xotin-qizlar faollari va tuman otinoyilari ishtirokida radikal kayfiyatdagi shaxslarni va mutaassiblikga moyil xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, yoshlarni yot g‘oyalar taʼsiridan saqlash borasida “Jaholatga qarshi maʼrifat”, "Radikallashuvning har qanday ko‘rinishiga qarshimiz" mavzularida profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Z.Mo‘minova, Respublika, viloyat va tuman targ‘ibot guruhi aʼzolari, tuman hokimi o‘rinbosari va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish, yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.