insurez
16-05-2025 12:58

RAVON YO‘LLAR - OBOD DILLAR


Pastdarg‘om tumanida yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini taʼminlash va harakat ishtirokchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, turli loyiha, dastur va belgilangan rejalarga muvofiq asosiy va ichki yo‘llarda navbati bilan asfaltlashtirish zarur joylarda esa, yamash-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Xuddi shu kabi ishlar ayni kunlarda Qoqsoy mahallasi hududidan o‘tuvchi 30V052 avtomobil yo‘lining 11-12 kilometr oralig‘ida ham davom etmoqda.

Pastdarg‘om tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi Davlat Muassasasi tomonidan olib borilayotgan asfaltlash va to‘liq taʼmirlash ishlari uchun qariyb 700 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Bu kabi ishlar belgilangan rejaga muvofiq boshqa hududlarda ham navbati bilan davom etadi.

Teglar
- -