insurez
08-04-2025 18:41

RAVON YO‘LLAR - OBOD DILLAR


Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib borayotir.

Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.

Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Kichik Nayman mahallasi aholisi ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishgani tufayli, ayni kunlarda mahalla ichki yo‘lining qariyb 3 kilometrdan ortiq masofasiga asfalt yotqizildi.

Mazkur loyiha qiymati esa, 1 milliard 279 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.

Teglar
- -