insurez
11-02-2025 13:08

RAQAMLI BILIM VA TEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT KAFOLATI


Bugungi kunda IT sohasisiz, raqamli texnologiyalar va AKTsiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmaydi.

Negaki, ularga asoslangan faoliyatlar hozirda jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatini bermoqda.

Pastdarg‘om tumanida ham mazkur sohalarga alohida e'tibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov yosh dasturchilar, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 150 nafarga yaqin informatika va AT fani o‘qituvchilari hamda ommaniy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Pastdarg'om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 56-IDUM o‘quvchilari o‘zini bir qancha ixtirolari bilan ishtirok etishdi.

Jumladan, AutoCad hamda 3D max da loyihalari va HTML da Magazin sayti bo'yicha taqdimotlar bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari iqtidorli yoshlar o'zlarining rabota texnika sohasidagi ixtirolari bilan barchani tanishtirdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan pastdarg‘omlik blogerlar va erkin ijodkorlar ham o'z sohasiga doir takliflarni o'rtaga tashlashdi.

Tadbirda tumanimizda IT markazlarini ko'paytirish, yoshlarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash borasida mukammal ta'lim tizimini yo'lga qo'yish masalalari ilgari surilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -