insurez
10-11-2025 17:52

"RAQAMLI AVLOD QIZLARI" TANLOVINING G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab, yurtboshimizning 2025-yil 15-maydagi “Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-183-sonli Qaroriga muvofiq, “Raqamli avlod” loyihasi doirasida “Raqamli avlod qizlari” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar qizlar.raqamliavlod.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tib, “Taʼlim”, "Sunʼiy intellekt", "Iqlim o‘zgarishi", "Yashil iqtisodiyot" yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ijod namunalarini yuklaydi va ushbu ishlarni hakamlar nizom talablari asosida baholashi orqali g‘oliblar aniqlanadi.

Mazkur tanlovning Pastdarg‘om tuman bosqichida 853 nafar 16-20 va 21-30 yosh toifasidagi qizlar ishtirok etib, ular orasidan 10 nafar g‘olibalar aniqlandi.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, tanlov natijalari eʼlon qilinib, g‘alaba sohibalari munosib taqdirlandi.

Shuningdek, ularga o‘qishlarida omad tilanib, navbatdagi bosqichlarda ham eng yuqori natijaga erishishlari uchun ishonch bildirildi.

Teglar
- -