insurez
12-02-2026 09:20

Rahbarlar va tadbirkorlar uchrashuvi: Eksportchilarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida


Berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan sharoitlar natijasida, tumanimizning eksport salohiyati yildan yilga oshib borayotgan bo‘lib, 2025-yilda tumandagi eksportchi korxonalar tomonidan jami 27,8 million dollar miqdorda eksport amalga oshirildi va belgilangan reja 114 foizga bajarildi.

Pastdarg‘om tumanida viloyat hokimining o‘rinbosari X.Samiyev, tuman hokimi o‘rinbosari A.Gafurov, viloyat va tumanning masʼul tashkilotlari vakillari, 50 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida, eksportchi korxonalar va tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazildi.

Uchrashuvda, eksportchi korxonalar va eksport qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishda davlatimiz tomonidan yaratib berilgan yengilliklar, imtiyoz va preferensiyalar, jumladan, “GSP+” imtiyozli savdo dasturi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda evropa ittifoqi davlatlariga eksport hajmini oshirish, shuningdek, yangi bozor topish haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va atroflicha javoblarni olishdi.

Ayniqsa, tadbirkorlar uchun manfaatli bo‘lgan ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Teglar
- -