insurez
09-05-2025 12:08

QUTLUG‘ MUNOSABATI BILAN BIR PIYOLA CHOY USTIDA...


Yurtimizning boshqa hududlari qatori Pastdarg‘om tumanida ham, 9-may - Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu qutlug‘ kun munosabati bilan front orti mehnat faxriylari, Afg‘on urushi qatnashchilari va faol nuroniylar ishtirokida bir piyola choy ustida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IIV masʼuli va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, yurtimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilgan barcha ota-bobolarimiz, onaxon va momolarimiz fidoiyligini eʼtirof etdi hamda barchalarini bugungi quvonchli kun bilan tabriklab, chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Teglar
- -