QURILISH OBYEKTLARIDA...
Tumanimizda qad rostlayotgan zamonaviy binolar atrofga o‘zgacha ko‘rk baxsh etib bormoqda. Ularning orasida barcha qulayliklarga ega holda bunyod etilayotgan aholi turar joylari va ko‘pqavatli uy-joy majmualarining o‘rni alohida.
Hozirda tumanimizda 3427 ta xonadondan iborat 59 ta ko‘p qavatli zamonaviy turar joy binolari bunyod etilmoqda.
Mazkur binokorlik ishlari "Pirameda Golden Rich", "Maʼshal Trans Servis", "JK Farovon Charxin", "Nur Avenue", "Azi Shax", "Primeir stroy savdosi" "Lada" MCHJ, "Baza stroy" MCHJ, "Juma Eco qurilish" MCHJ, "Sun Kamalak" va "Temirov Perfect Building"lar tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, qurilish ishlariga jami, 1 trillion 445 million so‘m pul mablag‘lari jalb etilgan.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mas'ullar hamrohligida bunyod etilayotgan barcha ko'p qavatli uylarda bo'lib, ularda davom etayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining sifati nazoratdan o‘tkazilish barobarida, pudratchi tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar ham o‘rganilib, bu bo‘yicha tegishli chorta-dbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, bunyodkorlik ishlarini sifatli holatda belgilangan muddatlarda yakunlash, shaharsozlik tamoyillariga rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan ko'rsatma va tavsiyalar berildi.