QOROVULTEPA MFYDA MAHALLABAY O‘RGANISH
Bugun erta tongdan tuman hokimi Sh.Rahmonov mahallalar bo‘ylab aholi kayfiyati, yashash sharoitlari va ijtimoiy soha obyektlarining holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
Jumladan, tegishli mutasaddilar, nuroniylar, xalq faollari, mahalla masʼullari hamrohligida Qorovultepa mahallasida bunyod etilayotgan 28-son "O'zbekiston"oilaviy poliklinikasining yangi binosidagi qurilish ishlari bilan tanishildi.
Maʼlumot uchun, mazkur tibbiyot maskani ochiq byudjet loyihasi asosida qurilayotgan bo‘lib, unga 1 milliard 280 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.
Tegishli mutasaddi va quruvchilarga qurilish ishlarini doimiy nazoratda bo‘lishi, risoladagidek barcha meʼyor va talablarga mos olib borilishi hamda o‘z muddatida sifatli holatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ushbu mahalladagi 66-maktabdagi o‘quv jarayoni, xonalar harorati ko‘zdan kechirilib, taʼlim sifati, davomat, o‘qituvchilar salohiyati kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Tegishli masʼullar, nuroniylar va faollar bilan yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, nizoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, yaqinlashib kelayotgan bahor mavsumida ko‘chatlar o‘tqazish, aholi tomorqasi, obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlarida barcha birdamlikda ish olib borishi lozimligi taʼkidlandi.