insurez
07-02-2026 18:16

QO‘QONI MAHALLASIDA OILAVIY TADBIRKORLIK — BANDLIK VA BARQAROR DAROMAD MANBAI


Qo‘qoni mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Nargiza Saimova o‘z yashash xonadonida shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayollardan biri hisoblanadi.

Ayni paytda u ikki xil turdagi tort mahsulotlarini tayyorlab, mahalliy bozorga taklif etmoqda. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan N.Saimovaning nafaqat oilaviy bandligi taʼminlangan, balki hozirda yana bir nafar ishsiz fuqaroning ham doimiy ish bilan taʼminlanishiga erishilgan.

Tadbirkor ayolning faoliyati hozirda barqaror daromad manbai bo‘lib, u oyiga 10 million so‘mdan ortiq daromad olmoqda.

Tuman hokimining o‘rinbosari N.Qorayeva tadbirkor ayol xonadonida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorning mavjud muammo va takliflari tinglanib, faoliyatni yana-da rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahsulot turlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Teglar
- -