QONUNLAR IJROSI AMALDA
Pastdarg‘om tumanida tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar hamda reklama bannerlari va axborot bilbordlarini tartibga keltirish bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirish ishlari davom etmoqda.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra reklama joyining pasporti – reklamani o‘rnatish huquqini tasdiqlaydi. Qonunning 6-moddasida esa reklama matni davlat tilida yozilishi va tarqatilishiga oid normalar belgilangan.
Tadbirkorlik subyektlari hujjatning 47-moddasiga asosan esa, qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz.
Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.