insurez
16-05-2025 12:56

Qonun ijrosi ta’minlanmoqda


Joriy yilning 14-may kuni tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qatorterak, Temirxo‘ja va Mehnat mahallalari hududida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 160 dan ortiq “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda tartibsiz noqonuniy o‘rnatib olingan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bu uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima belgilangan.

Teglar
- -