insurez
29-10-2025 13:40

Qonun ijrosi ta’minlanmoqda


Tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qatorterak, Temirxo'ja, Mehnat, Sanchiqul, Xonchorbog', Elbek mahallalari hududida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 60 dan ortiq “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda tartibsiz noqonuniy o‘rnatib olingan, ma'nan eskirgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bu uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima belgilangan.

Teglar
- -