QISHLOQ XO‘JALIGIDA O‘QUV SEMINARI
Pastdarg‘om tumani Xonchorbog‘ MMTPga qarashli “Qurbon bobo” fermer xo‘jaligi hududida viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Jabborov ishtirokida g‘allachilikni rivojlantirish hamda yerdan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etishdi.
Seminar davomida g‘allachilikda mavsumga oid agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, hosildorlikni oshirish hamda yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sohada zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni joriy etish masalasi ilgari surilib, fermerlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan tushuntirishlar berildi.




