insurez
20-06-2025 16:11

QISHLOQ XO‘JALIGI BO‘YLAB BIR KUN


Pastdarg‘om tumanida 2025-yil hosili uchun 304 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 17 936 gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarishlangan bo‘lib, ayni paytda g‘alla yig‘im-terimi ishlari jadal suratda davom etmoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman IIB boshlig‘i hamrohligida g‘alla qabul qilish punkti faoliyati bilan tanishdi.

Bunda, don qabul qilish jarayonini risoladagidek olib borish, to‘plangan xirmonni sifatli saqlash choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish kabi masalalar yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

So‘ng, tuman bo'ylab davom etayotgan g‘alla o‘rimi jarayoni bilan tanishish barobarida, fermer xo‘jaligi rahbarlari va o‘rim otryadlari aʼzolarining muammo, takliflari o‘rganilib, o‘rim jarayonini qisqa fursatlarda risoladagidek yakunlash, belgilangan reja xirmonini sifatli holatda ado etish, texnika va boshqa xavfsizlik choralarini ko‘rish xususida topshiriqlar berildi hamda bu boradagi aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek bu kabi o'rganishlar kun davomida paxta dalalarida ham olib borildi va ekinlar holati ko‘zdan kechirildi.

O'rganishlar davomida, rivojlanishi ortda qolayotgan g'o'za maydonlarida tezkorlik bilan zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, g'alladan bo'shagan yerlarga takroriy ekinlarni kechiktirmasdan ekish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Kun yakunida esa, bir qator fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan jumladan, paxtachilik sohasida ortda qolayotgan fermerlar bilan uchrashilib, g'o'za yetishtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Unda, g‘o‘za parvarishiga alohida eʼtibor qaratish, sug‘orish, o‘g‘itlash va agrotexnik tadbirlarni risoladagidek o‘tkazish, paxta unumdorligini oshirish borasida zarur choralarni tezkorlik bilan ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

Teglar
- -