QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASI O‘RGANILDI
Bugun tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar, qishloq xo‘jaligi masʼullari va mutasaddilar hamkorligida fermer xo‘jaliklarida hamda ekin maydonlarida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi.
Bunda, g‘alla parvarishi, chigit ekiladigan maydonlarni munosib tayyorlash, texnikalar shayligi, dala chetlariga ko‘chatlar o‘tqazish, suv tejamkorligini yaxshilash va tomchilatib sug'orish hajmini kengaytirish, dala cheti madaniyati kabi bir qator masalalar yuzasidan Xonchorbog', Samarqand, Navbahor, Eski gumbaz, Chimboy hududlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Shuningdek, ekin maydonlarida zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, o‘zboshimchalik ekilgan ekinlarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
So‘ng, tuman hokimi, tuman prokurori, MMTP raislari, qishloq xo‘jaligi sohasiga doir tashkilotlar mutasaddilari va fermerlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada ekin maydonlarini risoladagidek tayyorlash, yerga urug‘ qadashda, ekilayotgan g‘o‘za navi, urug‘lik chigit sifati, ekish tartibiga jiddiy eʼtibor qaratish, dalalarda ayniqsa, asosiy yo‘l yoqalaridagi yer maydonlari obodonlashtirish, "Yashil makon" loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash singari yana bir qator zarur masalalar bo‘yicha so‘z yuritildi.
Barcha masʼullardan o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaramaslik so‘ralib, vijdonan yondashgan holda ish olib borish lozimligi taʼkidlandi.