insurez
15-10-2025 20:55

QISHLOQ AYOLLARIGA EHTIROM


Tuman hokimligi majlislar zalida 15 oktyabr – “Qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov xotin-qizlarni bugungi sana bilan qutlarkan, ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari haqida alohida to‘xtaldi.

Shu kabi xokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Qorayeva ham o‘z o‘rnida mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining bugungi mehnatlarini eʼtirof etdi.

Shu kabi, qishloqlardagi bir qator mahalla xotin-qizlar faollariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -