insurez
08-09-2025 14:25

QILICHBOZLIK BO'YICHA "RAHBAR KUBOGI" MUSOBAQASI


Pastdarg‘om tumanida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha tuman Majburiy ijro bo‘limi tashabbusi bilan “Rahbar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

2-son sport maktabida tashkil qilingan musobaqada 2013–2014, 2015–2016 hamda 2017–2018-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘z yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar.

G‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -