insurez
17-03-2025 16:35

QAYERGA BORSANG, DASTAVVAL BOZORIGA BOQ...


Sir emaski, tumanimizdagi bozorlar holati va infratuzilmasini yaxshilash, har tomonlama rivojlantirish, sotuvchilar hamda xaridorlar uchun yana-da qulay muhitni shakllantirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Birin-ketin ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar va olib borilayotgan saʼy harakatlar natijasi o‘laroq, bugun "Pastdarg‘om meva-sabzavot bozori" MCHJ va "Pastdarg‘om buyum-savdo" MCHJ bozorlari o‘zgacha ko‘rinish kasb etib borayotir.

Jumladan, savdo rastalari va do‘konlar taʼmirlanyapti, bozor ichki hududi va uning atrofidagi yo‘llar cheti betonlashtirilyapti, piyodalar yo‘laklari qurilyapti, noqonuniy hamda harakatga xalaqit beruvchi inshootlar bartaraf etilyapti.

Bozor hududini kameralashtirish, savdo rastalari va do‘konlarni raqamlashtirish kabi ishlar jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qilsa, yangi va zamonaviy avtoturargohlar bunyod etilgani bozorlardan foydalanuvchilar uchun  yana-da qulay muhitni shakllantirmoqda.

Teglar
- -