insurez
11-04-2025 09:07

QALBLARGA SINGAN MILLIY QADRIYATLAR


Haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirilishi odatga aylandi.

Shunga ko‘ra, bugun ham tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari hamda davlat xizmatchilari milliy liboslarda ko‘rinish berdi.

Shuningdek, taʼlim dargohlarida ham ushbu xususida tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, 3-politexnikumida milliy o'yinlar o‘tkazilgan bo‘lsa, 4-son politexnikumida milliy liboslar tarixi, milliy hunarmandchilik, o‘zbek xalqining madaniyati va san‘ati bo‘yicha ma‘ruzalar, seminar-treninglar, ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Shu kabi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida milliylikni aks etgan rasmlar tanlovi bo'lib o'tayotgan bir vaqtda, umumtaʼlim maktablaridagi dars jarayonlarida milliylik ruhi aks etdi.

Teglar
- -