QADRLI PASTDARG‘OMLIKLAR!
Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va uni barqarorlashtirish tumanimizni jinoyatdan holi hududga aylantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruv murojaatini” yo‘llamoqdaman.
Ushbu murojaatimdan ko‘zlangan maqsad, tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni va tashrif buyurgan tumanimiz mehmonlarini, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoiy xavf xatarlardan ogoh bo‘lishingizni so‘rab sergaklikka chaqiraman.
Bugungi kunda tumanimizda sodir etilishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi jinoyatlarni oldini olish va ularga chek qo‘yish borasida qator amaliy chora tadbirlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda taʼkidlash joizki!
Joriy yilning 11 oyi davomida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 412 tani tashkil qilib shundan, talonchilik jinoyatlari umuman sodir etilmadi, nomusga tegish, yengil tan jarohati yetkazish va Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarning esa kamayishiga erishildi.
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 03 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qaroriga asosan tumanimizda jinoyatchilikni oldini olishga va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida:
Mahallalardagi xonadonlarni 645 tasi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridan 594 tasi Qo‘riqlash xizmati tomonidan texnik qo‘riqlovga olindi. Shuningdek 51 tasi jismoniy ob‘ektlarni tashkil etadi yil yakuniga qadar qo‘riqlanayotgan ob‘ektlar sonini 30 foizdan oshirish maqsadida barcha mahallalarda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari 41 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha”, 60 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi. Shuningdek 24 ta ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga chaqirish (SOS) tugmalari o‘rnatilib aholining xavfsizligi uchun tezkor chaqiruvlari taʼminlandi.
-100 ta mahallalarning 53 tasida jinoyatlar kamaydi;
-33 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
-8 ta mahallalar qizil toifaga kiritildi jumladan “Furqat”, “Eski juma”, “M.Ulug‘bek”, “Gumbaz”, “Amir Temur”, “Nayman”, “Kamolot”, “Oltiqaxramon”. ushbu mahallarda qayta jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida masʼul rahbarlar biriktirilib ularning ko‘rsatgan amaliy yordamlari va zarur chora tadbirlar natijasida jinoyatdan holi hududga aylantirish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.
Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 11 258 nafar shaxslar aniqlanib, “ye-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, 9 425 nafari (83,7 foizi) ning muammolari hal etildi.
606 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar himoya orderlari berildi.
Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami 26 nafar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
298 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanishga yotqizildi.
Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 11 258 nafar shaxslar aniqlanib, “ye-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, 9 425 nafari (83,7 foizi) ning muammolari hal etildi.
Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lib kelayotgan Kiber jinoyatlarning ortib borayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar 38 tani tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan 81,0 foizga yaʼni 17 taga ko‘payib, bu borada tuman miqyosida keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot harakatlari olib borilmoqda, ammo ko‘plab fuqarolarning mulkiga tajovuz qilish holatlari kuzatilmoqda. Siz aziz fuqarolarimizdan plastik karta raqamlaringizni hech kimga aytmasligingizni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali o‘zingiz tanimagan bilmagan shaxslarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasligingizni, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli xil telegram botlarga aʼzo bo‘lmasligingizni so‘rab qolaman!




