insurez
12-11-2025 18:03

PROFILAKTIK EMLASH


Shu kunlarda, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tumanimiz hududida parvarish qilinayotgan chorva mollari hamda uy hayvonlari oqsil, nodulyar dermatit, kuydirgi hamda quturish kabi yuqumli kasalliklarga qarshi emlanyapti.

Shuningdek, aholi o‘rtasida hayvonlardan yuqishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklar bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

Ushbu kasalliklarni oldini olish maqsadida, oqsil uchun 78 000, nodulyar dermatit uchun 190 900, kuydirgi uchun 266 750, quturish kasalligi uchun esa, 46 000 doza vaksinalar olib kelingan bo‘lib, hozirga qadar 525 314 bosh yirik va mayda shoxli hayvonlar hamda 42 861 bosh boshqa turdagi uy hayvonlari to‘liq emlandi.

Bu kabi ishlar navbati bilan barcha mahallalarda davom etadi.

Teglar
- -