PILLACHILIK - QISHLOQ XO‘JALIGINING MUHIM TARMOG‘I
Joriy yilning dastlabki mavsumida pastdarg‘omlik pillakorlar 5918 quti ipak qurtini parvarishlagan bo‘lib, hozirda "Elbek TRJ" MCHJga qarashli pillani qayta ishlash korxonasida pilla qabul qilish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar, tuman prokuraturasi va tuman IIB masʼullari, mutasaddilar, MMTP hamda fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida pilla yetishtirish va uni qabul qilish jarayoni bo‘yicha muhokama o‘tkazdi.
Bunda, yetishtirilgan ipak mahsulotini tez fursatlarda sifatli holatda yig‘ib olish, belgilagan rejani qisqa vaqt ichida bajarib, kerakli miqdordagi pilla xirmonini hosil qilish bo‘yicha tavsiya, ko‘rsatmalar berilib, bu borada muddatlar belgilandi.
Shuningdek, pilla yetishtirish jarayoniga masʼuliyat bilan yondashgan, belgilangan rejani birinchilardan bo‘lib bajargan olg‘ir fermerlar faoliyati eʼtirof etilib, ularga minnatdorchilik bildirildi.