insurez
18-08-2025 18:33

PAYARIQLIK MAHALLA RAISLARI TUMANIMIZDA QILINAYOTGAN TADBIRLARDAN TAJRIBA ALMASHDI


Payariq tumani hokimligi mas'ullari, faollari hamda undagi maktab va bog'chalar rahbarlari Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tumanimizda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish ishlari shuningdek, yangi o'quv mavsumiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishgani xususida xabar qilgan edik.

Shu qatorda, ushbu tumandagi mahalla raislari ham tumanimiz mehmoni bo'lib, hududlarni obod qilish borasida olib borilgan ishlar, tashkil etilgan gulzorlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida har ikki tuman mas'ullari ham mahalla tizimidagi bilim va ko'nikmalari, orttirgan tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Albatta, bu kabi tajriba almashish maqsadida tashkil etilayotgan tashriflar ish unumdorligini oshirish uchun samarali xizmat qiladi.

Teglar
- -