PASTDARG‘OMLIKLAR JORIY MAVSUMDA BIR MILLION TUP KO‘CHAT O‘TQAZADI
Pastdarg‘om tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘rgazmali seminar o‘tkazilib, Uchtepa mahallasidagi bo‘sh turgan yer maydoniga 5000 tupga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Tuman hokimining o‘rinbosarlari, barcha tashkilot va korxonalarning ko‘ngilli vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etgan yig‘inda hozirga qadar ekilgan daraxtlar parvarishini unutmagan holda, ayni paytda o‘tqazilayotgan nihollarning sug‘orish tizimiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi asosidagi bu kabi ishlar tuman bo‘ylab barcha mahallalar, xonadonlar, tashkilot va idoralarda, fermer hamda dehqon xo‘jaligi maydonlarida davom etadi.
Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududda hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizda ko‘chat o‘tqazib, yashil makon yaratishdek xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.




