PASTDARG‘OMLIK YOSHLAR MAXSUS IT MAKTABIDA
Bugungi kunda IT sohasisiz, raqamli texnologiyalarsiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Negaki, ularga asoslangan faoliyatlar hozirda jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatini bermoqda.
Pastdarg‘om tumanida ham mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilib, bu borada tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Jumladan, tuman hokimligi tashabbusi bilan bir guruh iqtidorli yoshlar ishtirokida Samarqand shahridagi "School 21" maktabiga ekskursiya tashkil etildi.
Unda, pastdarg‘omlik yoshlar maktabdagi o'quv jarayoni, shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Shuningdek, maktab masʼullari IT sohasida noldan beriladigan bilim va ko‘nikmalar, mazkur maktabdagi ta'lim tartibi, shakli va jarayoni xususida ma'lumot berdi.
Maktabga tashrif buyurgan yosh avlod vakillarining aksariyati mazkur talabgir kasbni egallash istagini bildirib, ushbu soha borasida o'zlariga qiziq bo‘lgan savollarga javob olishdi.