insurez
25-01-2025 10:21

PASTDARG‘OMLIK YОSHLAR BILIMDA KUCH SINASHDI


Pastdarg'om tumanida respublika ishchi guruhi masʼuli E.Uralov va tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual musobaqasi murosasiz bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.

Musobaqada tashkilotchilar tomonidan berilgan mantiqiy va aniq manbalarga asoslangan savollar, ishtirokchilarning qayd etgan yuqori natijalari ularning intellektual salohiyatlari yuqori ekanligidan dalolat berdi.

Bilimdonlar bahsining yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni "Zangiboyi" mahallasi jamoasi qo'lga kiritdi;

2-o‘rinni "Qo'shquduq" mahallasi jamoasi egalladi;

3-o‘rin esa "Po'latchi" mahallasi jamoasiga nasib etdi.

Turnir yakunida g‘oliblar va faol ishtirok etgan jamoa vakillari Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan diplom, va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Teglar
- -