PASTDARG‘OMLIK YOSH PARASPORTCHI GRAN-PRIX SOVRINDORI
Hindiston davlatida Xalqaro Gran-prix musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Dunyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan paraspotchilar ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston Para Yengil Atletika Terma Jamoasi vakillari ham munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Pastdarg‘om tumani Esaboy mahallasida yashovchi Elyor Elmatov ushbu turnirda para yengil atletika sport turining nayza uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, 43 metr 1 sm natija bilan 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Biz 17 yoshli Elyorbekni yuqori natija bilan qutlagan holda, O‘zbekiston nomini yuksaklarda balqitishda davom etishini tilab qolamiz.
Ha albatta, bu kabi yosh tumandoshlarimizning matonati, fidoyiligi va harakatlari barchamizga ibrat bo‘lsa arziydi.