insurez
12-03-2025 14:58

PASTDARG‘OMLIK YОSh DZYUDOCHI "GRAND PRIX UPPER AUSTRIA" G‘OLIBI


Avstriyaning Lins shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha "Grand Prix Upper Austria" turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning 52 mamlakatidan kelgan dzyudochilar o‘zaro murosasiz bellashuv olib bordi.

Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Quvonarlisi shuki, 3 nafar chempionlar orasida Pastdarg‘om tumani Yangiavlod mahallasida yashovchi Mardon Ravshanov ham bor.

20 yoshli dzyudochi tumandoshimiz mezbonlar vakili Samuel Gassnerni chiroyli ippon evaziga mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Maʼlumot uchun: pastdarg‘omlik Mardon Ravshanov jahon reytingida 110-o‘rinda tursa, uning raqibi bo‘lgan Gassner ushbu reytingda 55-o‘rindan joy olgandi.

Shunga qaramay tumandoshimiz o‘z raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu dzyudochimizning kattalar musobaqasidagi ilk medali bo‘ldi.

Biz M.Ravshanovni yuqori natija bilan qutlab kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

Teglar
- -