PASTDARG‘OMLIK SHOXRUH XALQARO HARBIY MUSOBAQADA CHEMPION
AQSHda dunyo mamlakatlari harbiylari o‘rtasida harbiy sport musobaqalari o‘tkazildi.
Unda turli davlatlardan tashrif buyurgan harbiylar yakka tartibdagi jismoniy tayyorgarlik, jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish, tunda mo‘ljal olish, yuk bilan uzoq masofaga tez yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish, arteriyali olovini boshqarish, harbiy qurollarni yig‘ish, sochish va qayta tayyorlash, himoyalanish hamda kutilmagan tayyorgarlik kabi yana bir qancha sinovlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Ushbu musobaqalarda yurtimiz harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishdi.
Ular nafaqat ishtirok etibgina qolmay balki, rekord natijalarni qayd etib, yurtimiz bayrog‘ini va dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarishdi.
Quvonarlisi, ular orasida Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent mahallasida yashovchi Shoxruh Javchaqov ham bor.
Biz davlatimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan barcha mard yurtdoshlarimiz qatori pastdarg‘omlik Shoxruhga ham omad tilagan holda, mamlakatimiz bayrog‘ini doim dast ko‘tarib yurishini tilib qolamiz.