insurez
22-02-2025 15:22

PASTDARG‘OMLIK SAMDU TALABALARI BILAN UCHRASHUV


Ayni kunlarda Samarqand Davlat Universitetida 213 nafar pastdarg‘omlik bitiruvchi talabalar taʼlim oladi. Ularning 20 nafari sirtqi va kechgi taʼlim shaklida o‘qisa, 193 nafari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu universitetda o‘qiyotgan talabalarning aksariyati filologiya fakultetiga to‘g‘ri kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida bitiruvchi yoshlarni ish bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada ish o‘rinlarini yaratish va ularning bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilangan edi.

Shunga ko‘ra tuman hokimi Sherzod Rahmonov Samarqand Davlat Universitetida taʼlim olayotgan pastdarg‘omlik bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tumanimizda bilimli va salohiyatli kadrlarga ehtiyoj borligi taʼkidlanib, talaba yoshlardan o‘z tanlagan sohasini puxta o‘zlashtirishlari lozimligi taʼkidlandi.

Barcha yoshlar yetuk kadr bo‘lib yetishib, o‘zlari tug‘ilib o‘sgan tumanning har tomonlama yuksalishi uchun munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar ham o‘z taklif masalalarini o‘rtaga tashladi.

Jumladan, ular tumanimizdagi qizil hududga olingan mahallalarda o‘z tashabbuslari bilan targ‘ibot ishlarini olib borish va jinoyatga moyilligi bor fuqarolar ishtirokida huquqiy suhbatlar o‘tkazib, qonuniy tushunchalar berish istagini bildirishdi.

Bundan tashqari, talabalar tomonidan Start up loyihalari uchun kredit kabi bir qator masalalar ilgari surilib, maktabgacha va maktab taʼlimi sifatini oshirish borasida ham takliflar bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida ochiq muloqotda faol qatnashgan bir guruh yosh avlod vakillariga kitoblar jamlanmalari topshirildi.

Shundan so‘ng, Samarqand Davlat Universitetiga qarashli 2-sonli talabalar turar joyida yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.

Teglar
- -