insurez
02-06-2025 18:26

PASTDARG‘OMLIK SABRINA "YOSHLAR OVOZI" TANLOVIDA G'OLIB


"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o'tkazilayotgan "Yoshlar ovozi" ko'rik tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan iste'dodli yoshlar qatori, Pastdarg‘om tumani vakillari ham ishtirok etib, o'z san'at namunalarini namoyish qilishdi.

Natijalarga ko‘ra, tumanimizning Qozoq Nayman mahallasida yashovchi Sabrina Umrzoqova san'atning estrada yo'nalishi bo'yicha 10-15 yoshlilar o'rtasida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Ushbu g'alaba bilan yosh tumandoshimiz tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Biz Sabrinaxonni yuksak natija bilan tabriklab, kelgusi bellashuvlarda omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Teglar
- -