PASTDARG‘OMLIK SABRINA O‘ZBEKISTON CНEMPIONI
Toshkent shahrida boks sport turi bo‘yicha "O‘zbekiston chempionati" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etib, yuqori mahorat va irodasini namoyish etdi.
Shuningdek mazkur bellashuvlarda Pastdarg‘om tumani vakili Sabrina Chakamanova ham 54 kg vazn toifasida ishtirok etib, barcha raqiblaridan ustun keldi va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yosh bokschimizga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va yuksak natijalar tilaymiz.




