insurez
12-01-2026 12:52

PASTDARG‘OMLIK “QALQON SARDORLARI” VILOYATDA BIRINCHI


Pastdarg'om tumanida mahallalarda faoliyat olib borayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida “QALQON SARDORLARI” musobaqasining tuman bosqichi o'tkazilgani xususida xabar qilgan edik.

Musobaqa davomida ishtirokchilar turli sport turlari va harbiy sinovlar bo'yicha bellashib, g'olib jamoa musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo'l olgan edi.

Bugun, Samarqand shahrida mazkur musobaqaning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi va unda viloyatimizdagi barcha tuman-shaharlardan tashrif buyurgan jamoalar o'zaro bellashdi.

Harbiy va jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik hamda sardorlik mahoratini talab etadigan musobaqada Pastdarg‘om tumani jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, mutloq g'olib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqa mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolarining salohiyati va jipsligini yana bir bor namoyon etdi.

Teglar
- -