PASTDARG‘OMLIK PILLAKORLAR VILOYATDA BIRINCHI
"Elbek TRJ" masʼuliyati cheklangan jamiyati 356,1 tonna pilla qabul qilib, rejani viloyatda birinchi bo‘lib bajardi.
Pastdarg‘om tumanining joriy yil uchun pilla topshirish rejasi 355 tonna ekanligini inobatga olsak, reja 100,3 foizga bajarilganligini anglatadi.
Bugun, kunning birinchi yarmida pillakorlar belgilangan ipak tola xirmonini to‘liq jamlab bo‘lishdi.
Eng muhimi, pilla qabul qilish jarayonlari hali davom etmoqda.
Shu o‘rinda, mavsumda faol ishtirok etgan, ipak qurtini laboratoriyada ochirishdan boshlab, pilla topshirish jarayonigacha o‘z hissasini qo‘shgan barcha tumandoshlarimizga marra muborak bo‘lsin deymiz.