PASTDARG‘OMLIK PARIZODA YANA BIR XALQARO TANLOVDA G‘OLIB BO‘LDI
Gap shundaki, yaqinda Samarqand shahrida ko‘plab mamlakatlar o‘rtasida sanʼatning bir necha turlari bo‘yicha xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda boshqa ishtirokchilar qatori yurtimiz vakillari ham munosib ishtirok etib yuqori natijalarga erishdi.
Quvonarlisi, pastdarg‘omlik "jajji yulduzcha" Parizoda Rajabova ushbu tanlovda sanʼatning xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, mutlaq g‘olib deb topildi.
Ushbu natija bilan yosh tumandoshimiz o‘z hisobiga yana bir Gran-Pri sovrinini qo‘shib qo‘ydi.
Biz yosh sanʼat ustasini yana bir g‘alaba bilan tabriklagan holda, bu kabi yosh isteʼdod egalari soni ortishini tilab qolamiz.