PASTDARG‘OMLIK O‘QUVCHILAR XALQARO FAN OLIMPIADASIDA YUQORI O‘RINDA
Respublikamizda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM va Al-Xorazmiy olimpiadalari o‘tkazilmoqda.
Mazkur bellashuvlarning hududiy bosqichlarida Pastdarg‘om tumani vakillari ham munosib ishtirok etyapti.
Jumladan, tumanimizdagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Jasurbek Ismoilov STEM olimpiadasi informatika yo‘nalishida faxrli 2-o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Hayotbek Kamilov ham, Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichida aynan ushbu fandan 3-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Biz yosh va zukko tumandoshlarimizni tabriklab, kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!




