PASTDARG‘OMLIK O‘QUVCHI XALQARO FAN OLIMPIADASIDA YUQORI O‘RINDA
Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadaning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada ishtirokchilarining bilimi test va yozma ish topshiriqlari bo‘yicha baholandi. Barcha natijalar umumlashtirilib, har bir fan kesimida g‘olib o‘quvchilar aniqlandi.
Natijalarga ko‘ra, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pastdarg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Jaʼfar Nurmuradov bronza medal sohibi bo‘ldi.
Biz yosh va zukko tumandoshimizni tabriklab, kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz!