insurez
17-03-2025 16:33

PASTDARG‘OMLIK IJODKOR XALQARO TANLOV G‘OLIBI


Iqtidorli va ijodkor yoshlarni aniqlash va munosib taqdirlash maqsadida "Yuksak xizmatlari uchun" 1-tur ilmiy-amaliy xalqaro tanlovi o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasi va O‘rta Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etgan tanlovda yurtdoshlarimiz ham yuqori o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.

Xususan, Pastdarg‘om tumanidagi Zangiboyi mahallasida istiqomat qiluvchi Shexroz Otamurodov ushbu xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, mutloq g‘olib deb topildi.

Toshkent Davlat Agrar Unversitetida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida tumandoshimizga maxsus ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -