PASTDARG‘OMLIK FAOL VA IQTIDORLI YОSHLAR BILAN UCHRASHUV
Tuman hokimi Sh.Rahmonov sektor rahbarlari hamrohligida pastdarg‘omlik faol yoshlar, sportchilar, iqtidorli o‘quvchilar va taʼlim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, yosh avlod vakillari juma - "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan milliy liboslarda ishtirok etishdi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbirda tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, milliy liboslarimizning hayotimizda tutgan o‘rni xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yosh avlod vakillarining taklif va muammolari tinglanib, bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan tashqari, taʼlim sifatini oshirish, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, kasb tanlashda adashmaslik hamda o‘z tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, xorijiy tillarni o‘rganish, IT sohasi, raqamli texnologiyalar bo‘yicha yetuk mutaxassislarga talab tobora ortayotgani bois, ushbu sohalarni o‘rganishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.