insurez
19-03-2025 16:48

PASTDARG‘OMLIK DILNOZA GRAND PRI SOHIBASI


Xabaringiz bor, butun dunyo bo‘ylab yosh isteʼdod egalarini kashf qilish maqsadida "New talents" xalqaro tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Yaqinda ushbu tanlovning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda 10 dan ortiq mamlakatlar vakillari ishtirok etishdi.

Jumladan, unda Pastdarg‘om tumani Po‘latchi mahallasida yashovchi Dilnoza Saidova ham qatnashib, sanʼatning xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha Grand Pri sohibasiga aylandi.

Ushbu natija bilan yosh tumandoshimiz musobaqaning Yevropada o‘tkaziladigan keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Biz yosh va isteʼdodli Dilnozaxonga omad tilagan holda, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

Teglar
- -