PASTDARG‘OMLIK CHEMPIONLAR SONI ORTMOQDA
Farg‘ona shahrida “O‘zbek jang sanʼati” milliy sport turining “Mergan chavandoz", "Mergan sportchi", "Temuriylar bellashuvi” yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 1000 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Shuningdek, bellashuvda pastdarg‘omlik mahoratli sportchilar ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Jumladan, Sh.Obidjonov, R.Abdurazzoqova, J.Sirojiddinov, S.Mahmudov va E.Sayfiddinovlar mutlaq g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, S.Ochilova, M.Karimov, Z.Mahmudov, A.Normurodova, Sh.Murodov, Dilnura hamda Durdona Amonovalar ham faxrli o‘rinlarga loyiq deb topildi.
Biz yosh sportchilarimizni g‘alaba bilan tabriklab kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.