PASTDARG‘OMDAGI SPORT MAJMUASI DZYUDOGA MOSLASHTIRILADI
Tumanimizdagi tip-2 sport majmuasi 2004-yilda sportning futbol, basketbol, voleybol, gandbol kabi bir qator turlari uchun mashg‘ulotlar olib borishga mo‘ljallab bunyod etilgan.
Biroq, anchayin taʼmirtalab bo‘lib qolgani bois, ushbu inshootdan hozirda juda kam quvvatda foydalanilyapti.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamrohligida mazkur majmuaning bugungi holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida mazkur inshootni taʼmirlab yangi ko‘rinishga keltirish va uni dzyudo sport turi uchun mashg‘ulotlar olib borishga moslashtirish taklifi ilgari surildi.
Masʼullar ushbu taklifni maʼqullagan holda, bu boradagi o‘z fikrlarini bildirishdi.
Ushbu bo‘lajak dzyudo sport inshooti ko‘plab chempionlarni yetishtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.